Qaşqadaryo viloyatining Kasbi tumanida qotillik yuz berdi, deb xabar qilmoqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi.
Qayd etilişiça, Kasbi tumani Qamaşi qişloğida yaşovçi, 1960 yilda tuğilgan Q.B. 2018 yil 6 mart kuni soat 09.00larda birga yaşovçi öğli, 15-sonli örta maktabning 10-sinf öquvçisi, 2001 yilda tuğilgan H.Q. uyidan qöylarini boqiş maqsadida çiqib ketib, bedarak yöqolganligini ma'lum qilgan.
Olib borilgan qidiruv işlari natijasida Qamaşi qişloği hududidan oqib ötuvçi “Mirişkor” kanalidan H.Q.ning boş qismidagi jarohati bilan jasadi topilgan.
Körilgan çoralar natijasida uşbu jinoyatni Qamaşi qişloğida yaşovçi, 1990 yilda tuğilgan B.Ş. özaro janjal oqibatida sodir etganligi aniqlanib, qölga olingan.












