Koreyaning Somang Global kompaniyasi shu yil noyabr oyida Seoul Plaza biznes markazini foydalanishga topshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya vakili Chang Xu Na Yoshlar ijod saroyida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Koreya biznes forumi davomida ma'lum qildi, deb yozmoqda Spot.
Sakkiz qavatli bino «Oybek» metro bekatiga yaqin yerda joylashadi. Yer ostida avtoturargoh tashkil etiladi.
Ofis xonalari mahalliy va xalqaro kompaniyalarga sotiladi hamda ijaraga beriladi.
Bundan tashqari, Somang Global Toshkent shahrida «Seul shaharchasi» turar-joy majmuasini qurmoqda, u yetti uydan iborat bo‘ladi.
Shuningdek, kompaniya O‘zbekistonda mehmonxonalar qurishni rejalashtirmoqda.

















