Qozoğiston televideniyesi 60 yoşga töldi. Qozoq televideniyesi 1958 yilda Olmaotadan öz faoliyatini boşlagan.
1957 yil 29 iyunda Qozoğiston SSR vazirlar kengaşi Radio va televideniye qömitasi taşkil etilişi haqidagi qarorni qabul qilgan. 8 oy ötib, 1958 yil 8 martda Qozoq televideniyesi vujudga kelgan. 1958 yilda Qarağanda va Ust-Kamenogorskda, 1959 yilda Jyezqazğanda, 1960 yilda Petropavlovskda telestudiyalar oçilgan.

Qozoğiston televideniyesi birinçi yillar tajriba sifatida kinofilm va telespektakllar namoyiş qilgan. Söngra “zangori ekran”ni zabt etgani telejurnalistlar kelgan.
1992 yilda Qozoğiston televideniyesi “Kazaxstan” teleradiokompaniyasi, 1995 yilda “Kazaxstan” Respublika teleradiokorporatsiyasi sifatida qayta şakllantirilgan. Bugungi kunda uşbu teleradiokompaniya 3 ta telekanal – “Kazsport”, “Kazaxstan”, “Balapan”ni va bir neçta radiostansiyalar hamda viloyat teleradiokompaniyalari tarmoğini öz içiga oladi.

Bugungi kunda Qozoğistonda 14 ta umummilliy telekanal mavjud, umumiy telekanallar soni 30 tadan oşadi. 3 ta kanal xorijga ham uzatiladi.
“Kazaxstan” teleradiokompaniyasi boşqaruv raisi Yerlan Karinning aytişiça, milliy telekanalni ajoyib kelajak kutmoqda.
“Biz “Kazaxstan” jamoasi ulkan muvaffaqiyatlarga erişişiga işonamiz. Barçani qozoq televideniyesining 60 yilligi bilan tabriklayman”, deb aytgan Karin.
Ta'kidlab ötiş joizki, Özbekiston televideniyesi öz faoliyatini 1956 yilda “Özbek televideniyesi” telekanalini işga tuşiriş bilan boşlagan. Bugungi kunda Özbekiston milliy teleradiokompaniyasi deb yuritiladi. Hozirda Özbekistonda 20 ga yaqin umummilliy va 10 dan ortiq hududiy telekanallar faoliyat yuritadi.











