Yevropa Ittifoqi AQŞ bilan savdo uruşi olib bormoqçi emas, biroq Vaşington tomonidan savdo bojlari kiritilsa javob çoralari körişga majbur böladi. Bu haqda YeIning diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini aytib ötdi.
“Öylaşimça, bu ikki tomon va butun dunyo uçun haqiqiy falokat böladi. Biz ikkimiz jahon savdosining 30 foizini bildiramiz. Dunyoga bu kerakmas, jahon iqtisodiyotiga bu kerakmas, AQŞ va Yevropa iqtisodiyotiga bu kerakmas. Biz buni istamaymiz va bunday bölmaydi”, deb aytgan Mogerini Bryusseldagi forumda.
Uning aytişiça, YeI “öz manfaatlarini himoya qilişga tayyor, biroq savdo uruşi bu YeIning pozitsiyasi emas”.
Mogerini AQŞ prezidenti Donald Tramp boj tölovlari kiritilişini e'lon qilsa, Yevropa Ittifoqi javob berişi haqidagi savolga “Agar kerak bölsa, javob beramiz” , deb javob qilgan.
“Biz öz manfaatlarimizni himoya qilişimiz kerak. Biroq pozitsiyamiz heç qaçon protektsionistik bölmaydi”, deb aytgan Mogerini.
Avvalroq Tramp 8 martda pölat va alyuminiyga boj tölovlarini kiritişi mumkinligiga işora qilgan. U ötgan hafta AQŞ pölatga 25 foiz, alyuminiyga 10 foiz boj tölovlari kiritişiga va'da qilgandi. Oq uy bojlar 9 martgaça kiritilişi rejalaştirilayotganini tasdiqlagan.

















