Organizmda katta miqdorda D vitamini bölişi onkologik kasalliklar rivojlanişiga qarşilik qilişi mumkin. Bu haqda Eurekalert portali xabar bermoqda.

Olimlar xalqaro guruhi 40-69 yoşli 33 ming yaponiyalikning qon namunalari va anketa ma'lumotlarini (ratsion, hayot tarzi, oiladagi onkologik kasalliklar tarixi) tahlil qilib, bunday xulosaga keldi. Ular ortidan 16 yildan köproq vaqt davomida kuzatuv olib borilgan. Yoş, vazn, jismoniy faollik darajasi hamda çekiş va spirtli içimliklar iste'mol qiliş kabi omillar hisobga olingan holda, tadqiqot natijalari D vitaminining katta miqdorda bölişi saraton bilan kasallaniş xavfini 20 foizga kamaytirişini körsatdi. Bu ham ayollarga, ham erkaklarga birdek taalluqlidir.   

D vitaminining qonda katta miqdorda bölişi jigar saratoni kasalligi ehtimoli pastligi (30-50 foiz) bilan ham boğlangan, bunda boğliqlik erkaklarda mustahkamroq bölgan.

Tadqiqot mualliflari olingan natijalar D vitamini saratondan himoyalaşi haqidagi tezisni tasdiqlaşiga işonçlari komilligini aytişgan. Biroq, ularning fikriça, uşbu modda miqdori ma'lum darajadan past bölganda heç qanday qöşimça effekt bölmasligi mumkin. Olimlar yakuniy natijaga hisobga olinmagan omillar ta'sir qilgan bölişi mumkinligini ham istisno qilişmagan.