O‘zbekiston | 18:40 / 09.03.2018
10864
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Imomali Rahmonga Jomiyning o‘zbek tiliga o‘girilgan asarini sovg‘a qildi

O‘zbekistonda Abdurahmon Jomiyning asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilinib, «Muhabbat mahzani» kitobi chop etildi. 

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Dushanbeda bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev ushbu kitobni Imomali Rahmonga tuhfa qilgan.

«Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy zamondosh bo‘lgan. Xalqlarimiz o‘rtasidagi qardoshlik aloqalari ularning ijodida kuchli ilhom manbai bo‘lib xizmat qilgan. Prezident so‘zboshisi bilan nashr qilingan ushbu kitob Tojikiston rahbariga katta mamnuniyat bag‘ishladi», deyiladi xabarda.

Biroz avvalroq, Samarqandda o‘zbek va tojik adabiyotining buyuk namoyandalari bo‘lgan bu ikki shoirga haykal o‘rnatilgandi.

Mavzuga oid