O‘zbekiston va Tojikiston temir yo‘l tarmoqlari o‘rtasida tranzit yuklar tashish, yo‘lovchi tashish, vagonlarga texnik xizmat ko‘rsatish, uni ta'mirlash borasida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda, deb xabar beradi “O‘zbekiston temir yo‘llari” axborot xizmati.

Foto:  “O‘zbekiston temir yo‘llari” axborot xizmati

Hozirgacha Tojikiston va O‘zbekiston temir yo‘l tizimini bog‘lovchi yo‘l faqat Bekobod va Quduqli stansiyalari bo‘ylab amalga oshirilayotgan edi. Endilikda qo‘shni davlat bilan Amuzang stansiyasi orqali ham bog‘lanish imkoniyati yaratildi.

Joriy yilning 9 mart kuni Amuzang va Xoshadi stansiyalaridan dastlabki poyezdlar harakati O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda Tojikiston Respublikasi prezidenti Imomali Rahmon tomonidan ramziy tugmaning bosilishi bilan yo‘lga qo‘yildi. Ikki mamlakat ravnaqi uchun xizmat qiluvchi tarixiy jarayon maxsus tashkil etilgan teleko‘prik orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etildi.

Foto:  “O‘zbekiston temir yo‘llari” axborot xizmati
Foto:  “O‘zbekiston temir yo‘llari” axborot xizmati

Amuzang stansiyasida hozirda nafaqat temiryo‘lchilar uchun balki chegarachilar, bojxonachilar uchun ham qulayliklar yaratilgan. Bir so‘z bilan aytganda, ushbu stansiya O‘zbekistonni qo‘shni davlat bilan bog‘lovchi yangi darvoza sifatida faoliyat ko‘rsatadi hamda Tojikiston Respublikasining janubiy va sharqiy hududlarini bog‘laydi.

Foto:  “O‘zbekiston temir yo‘llari” axborot xizmati