AQŞ prezidenti Donald Tramp AQŞga import qilinuvçi pölat va alyuminiyga boj tölovlari kiritilişini rasman e'lon qildi.
“Bugun Amerikaning milliy xavfsizligini himoyalaş maqsadida xorijiy pölat va alyuminiy importiga boj tölovlari kiritaman. Bizda pölatga 25 foiz va alyuminiyga 10 foiz miqdorda boj böladi”, deb aytgan Tramp. U xorijiy işlab çiqaruvçilarni dempingda ayblagan va şu sababli AQŞ sanoatining bu sohalariga putur yetganini aytgan. Trampning ta'kidlaşiça, Xitoyning özigina AQŞ bir yilda işlab çiqaradigan pölatni bir oyda işlab çiqaradi.
“Soliq tölaşni istamasangiz, öz fabrikangizni AQŞga köçiring va soliq bölmaydi”, deb aytgan Oq uy rahbari.
Trampning aytişiça, Vaşington savdo hamkorlari munosabatini biliş uçun kamida 15 kunga boj tölovlarini kiritmay turadi. “Köramiz, kim biz bilan halol, kim nohalol iş yuritarkin”, deb aytgan Tramp.
Oq uyda mahsuloti AQŞ milliy xavfsizligiga xavf solmaydigan davlatlar yangi boj tölovlaridan istisno qilinişlari mumkinligi aytildi. “AQŞ prezidenti Kanada va Meksika alohida holatligini tan oladi va bu davlatlar bilan xavotirimizni hal qiliş uçun muzokaralarni davom ettiradi”, deyilgan Tramp ma'muriyatida.
“Agar u yoki bu davlatdan import milliy xavfsizligimizga boşqa ziyon yetkazmasligi yoki xavf solmasligini kafolatlovçi muqobil vositalar haqida kelişuv bölsa, bojlar modifikatsiya yoki bekor qilinişi mumkin”, deb qöşimça qilgan Tramp.

















