Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya prezidenti KXDR va Tramp haqida: bu tarixiy voqea
Foto: Reuters
Janubiy Koreya yetakchisi Mun Chje In KXDR rahbari Kim Chen Inning AQSh prezidenti Donald Tramp bilan ehtimoliy uchrashuvini «tarixiy voqea» deb atadi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu uchrashuv «Koreya yarim orolini yadro qurolidan xoli hududga aylantirish yo‘liga qadam qo‘yishda juda muhim ahamiyat kasb etishi mumkin».
Avvalroq Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In AQSh prezidenti Donald Trampga uchrashuv o‘tkazish taklifini yo‘llagani xabar berilgandi. Tramp Kim Chen Inning may oyigacha uchrashish taklifiga rozilik bergan. Bu haqda Janubiy Koreya prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Chon Iy Yon Tramp bilan muzokaralardan keyin ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
16:10 / 27.04.2026
Janubiy Koreya O‘zbekistonda AT ta’limi uchun 14 mln dollar grant ajratadi
08:50 / 24.04.2026
Tramp: Putin G20 sammitiga kelsa, foydali bo‘ladi
08:55 / 23.04.2026
Politico: Tramp NATO davlatlarini “yaxshi” va “yomon”ga ajratdi
11:45 / 22.04.2026