Toşkent viloyatining Çirçiq şahrida qotillik yuz berdi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabar qilmoqda.
Qayd etilişiça, 8 mart kuni soat 18.00larda 4-mikrorayon 46-uyda yaşovçi, 1965 yilda tuğilgan A.P. tanişi, 1962 yilda tuğilgan G.O.ning uyida birga spirtli içimlik iste'mol qilib, kelib çiqqan özaro janjal oqibatida, G.O.ning kökrak qismiga piçoq bilan urib jarohat yetkazgan.
Natijada G.O. voqea joyida vafot etgan. A.P. qölga olingan.












