9 martning ikkinçi yarmida Duşanbedagi “Manej” sport majmuasida Özbekiston mahsulotlari körgazmasi oçildi. Körgazmaning rasmiy qismi Özbekiston va Tojikiston rahbarlari Şavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmonning qizil tasmani qirqişlaridan boşlangan.
Körgazmada Özbekistonning 100 dan ortiq kompaniyalarining mahsulotlari taqdim qilingan. Jumladan, 60 dan köproq turdagi texnika, quriliş mollari, elektrotexnika, farmatsevtika, yengil va oziq-ovqat sanoati tovarlari, mebel jihozlari namoyiş qilinmoqda.
Ikki davlat yetakçilari körgazma iştirokçilariga qöşma korxonalar yaratiş, özaro tovar aylanmasini oşiriş maqsadida ikki davlat örtasida mahsulotlar eksporti va importi böyiça maslahatlar berişgan.
Şu yerning özida Şavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon “Ğalaba-Amuzang” xalqaro temir yöl peregoni faoliyatiga ramziy tugmani bosiş bilan start berişdi. Bu temir yöl Özbekistonning Surxondaryo viloyatini Tojikistonning Xatlon viloyati bilan boğlaydi.

























