Bugun, 9 martda Pyongçangda qişki Paralimpiya öyinlari rasman oçildi. Bu haqda Janubiy Koreya prezidenti Mun Çje In e'lon qildi.  

Öyinlar oçilişi marosimi yoruğlik şousi, muşakbozlik, iştirokçi davlatlar paradi va Paralimpiya maş'alasi yoqilişidan iborat böldi.

Pyongçangdagi Paralimpiada sportçilar soni böyiça tarixda eng yirigi böladi, unda 48 ta davlatdan 567 sportçi iştirok etadi. Uçta davlat ilk bor öyinlarda iştirok etadi: Şimoliy Koreya, Gruziya va Tojikiston. Eng köp sonli delegatsiyani AQŞ olib kelgan (68 sportçi).    

Rossiyalik sportçilar Soçi Olimpiadasidagi doping mojaro sababli neytral bayroq ostida iştirok etadilar. 

Paralimpiadada 6 ta sport turi – toğ çanğisi, snoubord, xokkey, kyorling, çanği va biatlonda 80 ta medallar töplami öynaladi.

Ilk musobaqalar 10 mart ertalab toğ çanği sportida boşlanadi. Öyinlar 18 martgaça davom etadi.