Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Duşanbe şahrida Tojikiston Respublikasi Boş vaziri Qohir Rasulzodani qabul qildi. 

Prezident matbuot xizmati xabariga köra, unda keça bölib ötgan oliy darajadagi uçraşuvlarda ikki mamlakat örtasidagi hamkorlikka doir barça masalalar hal etilib, uni rivojlantirişning ustuvor yönalişlari belgilab olingani ta'kidlandi. Savdo, iqtisodiyot, investitsiya, moliya, transport va tranzit, qişloq xöjaligi, suv-energetika, soliq, turizm, fan-ta'lim, soğliqni saqlaş, madaniyat, xavfsizlik kabi sohalardagi hamkorlik hamda hududlararo aloqalarni rivojlantiriş böyiça imzolangan hujjatlar yuqori baholandi.

Xususan, tovar ayirboşlaş hajmini 1 milliard dollarga yetkaziş rejasi ikki mamlakat hukumatlariga katta mas'uliyat yuklaydi. Muloqotda mazkur kelişuvlarni bajariş, savdo aylanmasini köpaytiriş va tarkibini diversifikatsiya qiliş, biznes uçun qulay muhit yaratiş masalalariga e'tibor qaratildi.

Şavkat Mirziyoyev Özbekiston savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirişga tayyorligini, buning uçun barça zarur şaroit yaratilişini ta'kidladi. 

Qohir Rasulzoda Özbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi örtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik böyiça hukumatlararo komissiya hamraisi sifatida özaro manfaatli loyihalarni işlab çiqiş, qöşimça imkoniyatlar böyiça takliflar tayyorlaşga alohida ahamiyat berişini qayd etdi. 

Ikki mamlakat hududlari va yetakçi korxonalari örtasida kooperatsiyani kengaytiriş, qöşma korxonalar taşkil etiş, tranzit yuk taşişni köpaytiriş va boşqa masalalar muhokama qilindi.  

Oliy darajada erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş böyiça «yöl xaritasi» qabul qiliş muhimligi ta'kidlandi.