“Bolalar soğliğiga zarar yetkazuvçi axborotdan ularni himoya qiliş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi qonuni kuçga kirdi, deb yozmoqda ÖzA.

Mazkur qonunda axborot mahsulotining yoşga oid tasnifi va yoş toifalarini belgilaş masalalariga alohida e'tibor qaratilgan. Bu jamiyat hayotida yangilik. Endilikda ommaviy axborot vositalari, şu jumladan, Internet jahon axborot tarmoğidagi veb-saytlar, blogerlar, reklama vositalari hamda boşqa turdagi axborot kanallari orqali tarqatilayotgan axborotlarda bolalarni ularning soğliğiga zarar yetkazişi mumkin bölgan axborotdan himoya qiliş maqsadida 0+, 7+, 12+, 16+, 18+ yozuvlari aks ettirilişi şart. Qonunga köra, yoşga oid tasnifni belgilaş axborot mahsulotini işlab çiqaruvçilar va tarqatuvçilar tomonidan, şu jumladan, ekspertlarni jalb etgan holda mamlakatimiz hududida tarqatiş boşlangunga qadar amalga oşiriladi. 

Ya'ni, qonun kuçga kirişi bilan har bir axborot tarqatuvçi fuqaro huşyorlikka amal qilgan holda özlari yoki bu sohadagi ekspertlarning xulosasiga köra tarqatilayotgan axborotga yoş toifasini qöyişlari kerak böladi.

Eslatib ötamiz, 2017 yilning 9 sentabr kuni qabul qilingan mazkur qonun joriy yil 9 martdan boşlab kuçga kirdi.