Aleksandr Cheban shaxsiy tajribasidan kelib chiqib eng davomli reys haqidaga ma'lumotlari bilan bo‘lishdi: "18 soat bulutlar uzra harakatlanishni tasavvur qilib ko‘ring! Juda uzoq, qiyin, deysizmi? Agar bu dunyodagi eng yaxshi Qatar Airways aviakompaniyasi reysi bo‘lsa, u qadar qiyin joyi yo‘q.

18 soatlik parvoz davomida siz kundalik tashvishlardan dam olib, bajonidil "Uzuklar hukmdori" va "Xobbit" trilogiyasini tomosha qilasiz va Middle Earth'dagi ertak bilan uchrashuvga tayyor bo‘lasiz.

«Boing-777» bortida 14 535 km:
⦁  ekonom-toifada 217 yo‘lovchi,
⦁  biznes-toifada 42 yo‘lovchi;
⦁  1000dan ortiq bort taomnomasi porsiyasi;
⦁  2000dan ortiq salqin ichimliklar;
⦁  1100 finjon qahva.

Qatar Airways — nufuzli Skytrax reytingiga ko‘ra, eng yaxshi aviakompaniya, u Oneworld aviatsiya alyansi a'zosi hamdir.

Foto: Alexcheban/ Livejournal.com

Aviakompaniya flotida 200 dan ortiq samolyot bor, Airbus A380, A350, Boeing 787 Dreamliner kabi fuqarolik aviatsiyasi flagmanlari ham shular jumlasidandir. Doha orqali parvozlarni tanlab, juda ko‘p yo‘nalishlarda Dreamliner yoki A380, A350 samolyotlarida harakatlanish mumkin. Zamonaviy texnologiyalar aviaparvozlarni yengillashtiradi, shuning uchun men doim yangi avlod samolyotlarini tanlayman.

Foto: Alexcheban/ Livejournal.com

Qatar Airways aviakompaniyasi Airbus A350 dastlabki ekspluatanti bo‘ldi. 

Foto: Alexcheban/ Livejournal.com

Aytishlaricha, hozirda Qatar sanksiyalar ro‘yxatiga kirgan va u yerga amalga oshiriladigan reyslarda muammolar yuzaga kelishi ehtimoli bor. Sizlarga maslahatim — har xil gap-so‘zlarga ishonavermay, ma'lumotni shaxsan tekshirish. Zamonaviy dunyoda har bir siyosiy yangilik manfaatdor tomonning muayyan kontekstidan kelib chiqib beriladi, biroq real vaziyat mutlaqo boshqacha bo‘lishi mumkin. Siyosatni televizorga qoldirib, shunchaki sayohat qiling. Sayohat qilganda ham qulaylik bilan sayohat qiling.