AQŞda istiqomat qiluvçi 22 yoşli ixtiroçi yirik korporatsiyalar bilan hamkorlikda noyob protezlarni yaratmoqda. Iston LaŞapel birinçi robotlaştirilgan qöl protezni 14 yoşida tayyorlagan, oradan sakkiz yil ötib esa zamonaviy texnologik protezlarni işlab çiqarişga ixtisoslaşgan Unlimited Tomorrow kompaniyasiga asos soldi.
Bugungi kunda uning kompaniyasi Microsoft, Dassault Systèmes va Stratasys kabi texnologik gigantlar bilan hamkorlik qilyapti, hamda işlab çiqarişni kengaytirmoqda. Xususan, Stratasys Unlimited Tomorrow bilan birgalikda uç ölçamli bosma xizmati böyiça eksklyuziv hamkor-provayder kompaniyaga aylantiriş, ilmiy tadqiqotlarni olib borişni taşkil etmoqda.
Unlimited Tomorrow’ning yakuniy maqsadi 3D-printer yordamida robotlaştirilgan protezni işlab çiqiş, u bozordagi boşqa mahsulotlardan ança arzonroq turişi kerak va insonning ehtiyojlariga ideal darajada mos tuşişi lozim.
«Agarda ba'zi gaykalar, boltlar va elektron mexanizmlar hisobga olinmasa, unda qurilma butunlay 3D-printerda yaratiladi», - deydi LaŞapel.
Bu şunçaki protez emas. Stratasys kompaniyasi 3D-printerlarida qöllaniluvçi PolyJet texnologiyasi Unlimited Tomorrow’ga inson terisi rangi va hattoki sepkil kabi öziga xos jihatlarga ega bölişi mumkin bölgan robotlaştirilgan qölni yaratiş imkonini beradi. Bu qöllar magnit «tirnoqlar»ga ham ega, ularda manikyur qiliş mumkin. Şuningdek, robotlaştirilgan qölni masofadan turib quvvatlantiriş imkoni bor, uning taktil aloqasi foydalanuvçiga yuzani seziş imkonini beradi.
Kompaniya öz modelini birinçi prototip yordamida tekşirdi – endi u keng kölamda işlab çiqarilişga tayyor. Unlimited Tomorrow Indiegogo kraudfanding platformasi bilan hamkorlikda mablağ yiğiş böyiça kampaniyani işga tuşirdi va 2018 yilning oxirigaça 100ta şunday protezni yaratmoqçi. Kelajakda kompaniya individual mahsulotlarni tez tayyorlaş imkonini taqdim etadigan jarayonni işlab çiqmoqçi.












