Jinoyat işlari böyiça Surxondaryo viloyati Qumqörğon tuman sudi Özbekiston Respublikasi JKning 167-moddasi 2-qismi “v”, “g” bandlari va 209-moddasi 1-qismi bilan ayblangan P.Tursagatov va B.Xaitov nisbatan jinoyat işini körib çiqdi, deb xabar bermoqda Özbekiston Respublikasi Oliy sudi rasmiy vakili Aziz Obidov.

Tergov organi Qumqörğon tumani 41-sonli örta ta'lim maktabi direktori P.Tursagatov va uning örinbosari B.Xaitovlarni 2010-2011 yillarda 12.476.926 söm byudjyet mablağlarini maktab öqituvçilariga, farroşlariga ortiqça iş haqi sifatida tölab talon-toroj qilişda ayblagan.

Sudda P.Tursagatov va B.Xaitov tölovlar tegişli hujjatlar asosida amalga oşirilganini aytişib, odilona qaror qabul qilişni söraşgan.

Sud byudjyet mablağlari talon-toroj qilinganligi yuzasidan qarama-qarşiliklarni ekspertizasi tayinlaş yöli bilan bartaraf etiş maqsadida sud iqtisodiy buxgalteriya ekspertizasi tayinlagan.

X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining xulosasida maktabda ötkazilgan tekşiriş hujjatlar bilan töliq tasdiqlanmagani, uslubiy jihatdan asoslantirilmagani, töğri rasmiylaştirilmagani körsatilib, aybnomadagi 12.476.926 sömlik byudjyet mablağlaridan  faqat 4.344.038 söm iş haqi ortiqça tölangani körsatilgan.

Şuningdek, tekşiriş kuçini yöqotgan metodik körsatmadan asossiz foydalanilgani,  2016 yilda qabul qilingan me'yoriy hujjatlarni 2011-2012 yillarda sodir etilgan harakatlarga nisbatan tatbiq etib bölmasligi qayd etilgan.

4.890.062 söm mablağ summasi rastrata qilganlik jinoyati tarkibini taşkil qiluvçi ayb summasi, ya'ni 2017 yil 1 dekabrdan örnatilgan eng kam iş haqining öttiz baravari - 5.167.200 sömdan kam bölgan.

Sudning yakuniy majlisi 2018 yil 27 fevral kuni sayyor tartibida 41-sonli maktab binosida ötkazilib, sud P.Tursagatov va B.Xaitovlarni harakatlarida jinoyat tarkibi bölmaganligi sababli oqlaş töğrisida hukm çiqardi.

P.Tursagatov va B.Xaitovni Özbekiston Respublikasi MJtKning 61-moddasi bilan ma'muriy javobgarlikka tortiş masalasini hal qiliş uçun tegişli hujjatlar alohida iş yurituviga ajratildi.