Ötgan 2017 yil boşida davlat rahbari taşabbusi bilan boşlangan yuksak insoniy loyihalardan biri — mehnatga layoqati çeklangan, nogironligi bölgan yurtdoşlarimizga imtiyozli tarzda uy-joylarning berila boşlanganidir. Uşbu xayrli iş bugun respublikamizning barça tuman va şaharlarida amalga oşirilmoqda.
Aytiş kerakki, bu kabi xayrli iş köngli yarimlarga çeksiz quvonç va baxt hadya etişi bilan ahamiyatlidir. Prezident aynan xalqni rozi qilişdek uluğ işni köngli öksik opa-singillarimizdan, aka-ukalarimizdan boşlagani ham bejiz emas. Boisi ularga ulaşilgan quvonç oldimizdagi ulkan rejalarni amalga oşirişda mayoq bölsa ajab emas.
Yodingizda bölsa, «Kun.uz» saytida Andijon viloyatining barça tuman va şaharlarida mehnatga layoqati çeklangan, uy-joyga muhtoj 82 nafar fuqaroga boşlanğiç badallari tölab berilgan uy-joy va Prezident sovğalari topşirilgani haqida quvonçli xabar e'lon qilingan edi.

Afsuski, endi Andijon viloyatidan xunuk bir xabar eşitdik. Xabarga işonqiramasdan yölga otlandik va yöl böyi uning yolğon bölib çiqişini xohladik. Gap şundaki, Andijon viloyati Buloqboşi tumanidan 6 nafar uy-joyga muhtoj, nogiron va mehnatga layoqatsiz yurtdoşlarimiz «Prezident sovğasi» sifatida köp qavatli uy sohiblari bölgandi. Biroq tantanali tadbirda topşirilgan uylarning kaliti aslida boşqa birovlarniki bölib çiqqan. Bu nima, közböyamaçilikmi? Yoki nogironlar ustidan kulişmi? Mana şunday iztirobli xayollar bilan Andijon viloyatining Buloqboşi tumaniga yetib keldik. Dastavval taqdirlanganlar röyxatda bölganlardan biri Patidinova Muhabbat opa xonadoniga bordik.

Guvohi bölganingizdek, Muhabbat onaning bu röyxatda turişi haqli, ammo unga uy emas, uning kaliti berilgan, xolos. Bu holdan uning oila a'zolarining ham köngli çökkan.
Ijodiy guruhimiz mazkur holatga izoh oliş niyatida tuman hokimligiga yöl oldi. Ta'kidlaş kerakki, Buloqboşi tumaniga ayni paytda Ötkir Mamurov hokimlik qilmoqda. Biz tilga olgan muammo esa avvalgi hokim — Doniyor Maqsudov davrida çiqqan. Tuman hokimligida bizni hokimlik yuristi Tohir Mamasiddiqov, hokimning quriliş işlari böyiça muovini Farhod Normatov hamda tuman hokimi yordamçisi Zafar Toraşev kutib olişdi.





















