Avstraliyalik pensioner o‘ziga yaqinlashib kelgan akulaga bir necha marta zarba berib, o‘z hayotini qutqarib qoldi. Bu haqda 9 News xabar bermoqda.

69 yoshli Rob Krosslandning so‘zlariga ko‘ra, suzayotgan paytida akula suzgichini payqab qolgan, u o‘ziga yaqin joyda aylanib yurgan. U suv ostiga ko‘zlarini ochgan holda sho‘ng‘igan, hamda akula o‘ziga yaqinlashganida, bir necha marta uning burniga qarata zarba bergan.

«Men taqdirga ishonaman... kimdir meni aniq omon saqlab qoldi», - deya aytib o‘tdi Krossland.

Shuningdek uning ta'kidlashicha, suzish uchun kiyib olgan maxsus kiyimi unga yordam bergan, u yorqin pushti rangda bo‘lgan, shu sababdan ham akula uni oziq sifatida qabul qilmagan.