Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kim Chen In AQSh bilan tinchlik sulhi tuzmoqchiligi ma'lum qilindi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In AQSh bilan tinchlik sulhi tuzish hamda Shimoliy Koreya va AQSh o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish borasida “kuchli istak” bildirgan. Bu haqda Janubiy Koreya prezidenti ma'muriyatidagi manbaga iqtibos keltirgan holda “Tona ilbo” nashri ma'lum qildi.
Nashr suhbatdoshining aytishicha, Kim Chen In AQSh bilan munosabatlarni yaxshilash istagini Pxenyanda Janubiy Koreya delegatsiyasi bilan uchrashuvda bildirgan. “Kim Chen Inning pirovard maqsadi AQSh bilan tinchlik sulhi imzolash va Pxenyanda AQSh elchixonasi ochishgacha boradigan diplomatik munosabatlarni o‘rnatmoqchi”, deb aytgan manba.
Avvalroq Shimoliy Koreya yetakchisi Donald Tramp bilan uchrashuv o‘tkazish taklifini bildirgan. Vashingtonda bunga rozilik berilgan.
Shimoliy Koreya hukumati AQSh bilan tinchlik sulhi tuzish taklifini Kim Chen Inning bobosi – Shimoliy Koreyaning birinchi prezidenti Kim Ir Sen vaqtidan beri bildirib keladi.
Vashingtonda hanuzgacha bunday imkoniyatni hattoki muhokama qilishdan ham bosh tortib kelingan, chunki AQSh Janubiy Koreya bilan ittifoqchilik aloqalari bilan bog‘langan. Janubiy Koreya qonunlariga ko‘ra esa Shimoliy Koreya hattoki davlat emas, balki “davlatga qarshi” tashkilot hisoblanadi.
Mavzuga oid
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
20:26 / 19.06.2026