Fevral oyidagi kotirovkalarning qulaşi jahon fond bozorlaridan 4 trillion dollarni yöq qildi, biroq Milliy basketbol assotsiatsiyasi (MBA) jamoalari bundan jabrlandi, deb öylamang. Forbes MBAning eng yirik teleşartnomasi, Xitoyga ekspansiya va yangi reklama loyihalari - dunyoning asosiy basketbol ligasi qanday pul topayotganiga doir maqolasini taqdim etdi.
2018 yilda franşizaning örtaça narxi rekord darajadagi 1,65 milliard dollarga yetdi, bu ötgan yilgi raqamlarga qaraganda 22 foizga köpdir. Sönggi 5 yilda esa MBA jamoasi narxi uç baravarga qimmatlaşdi. Tarixda birinçi marta har bir jamoa (ular jami - 30 ta) 1 milliard dollarga baholanmoqda. MBA iqtisodiyoti joyida, uning xalqaro istiqbollari esa Amerikaning boşqa sport ligalariga qaraganda ijobiy köriniş olgan.
Endi MBA franşizasi Milliy futbol ligasi(MFL)dan qimmatga baholanuvçi dunyo aqldan ozgan kişining safasatasi emasligi ayon. Sarmoyaçilarning fikriça, basketbol ligasi çet elda ösiş uçun katta salohiyatga ega - AQŞdan taşqarida MBA daromadlari yil sayin oşib bormoqda, e'tiborli tomoni - ösiş körsatkiçlari şunçaki mikrofoizlarga emas.
Ha, MFL franşizasining örtaça qiymati 2,5 milliard dollarni taşkil qiladi, bu basketbol körsatkiçlaridan 52 foizga köpdir, biroq sönggi beş yilda oradagi farq ikki baravardan köproqqa qisqardi. «Bruklin Nets» va «Xyuston Rokets» örtasidagi şartnomalar MBA jamoalarini sakkiz barobar yillik daromadga baholamoqda, MFL franşizalari qiymati esa - olti barobarga yaqinroq.
"MBA xalqaro ösiş uçun ajoyib pozitsiyalarga ega, - deb hisoblaydi Galatioto Sports Partners moliyaviy-konsalting kompaniyasi rahbari Sel Galatioto. - Liga ajoyib mahsulotni taklif qilmoqda, basketbolga bölgan qiziqiş esa butun dunyo böylab ösişda davom etmoqda".
Masalan, Xitoyda 300 millionga yaqin kişi basketbol öynaydi. 2015 yilda MBA mahalliy Tencent kompaniyasi (mamlakatdagi maşhur messenjerlar va ijtimoiy tarmoq egasi) bilan öz platformalarida liga öyinlari va boşqa kontentlarni namoyiş qilişga doir beş yillik şartnomani imzolagan. Kelişuv MBAga 800 million dollardan ortiq daromad keltirişi kerak, hamkorlikni davom ettirişga doir muzokaralar esa boşlanib bölgan. Liga Xitoyda 34 media va marketing-hamkorga ega, şuningdek ijtimoiy tarmoqlardagi foydalanuvçilari soni - 144 million - bu boşqa har qanday sport turiga nisbatan köp.
MBA 10 yil ilgari NBA China loyihasini yölga qöygandi, endi esa u 4 milliard dollardan ortiqqa baholanadi. Liga komissar örinbosari Mark Tatum bu borada şunday deydi: "Biz biznesning barça jabhalarida - u xoh kontentni kengaytiriş böladimi, homiylikmi yoki merçandayzing - ösiş körsatkiçlarini namoyiş qilmoqdamiz".












