Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanida 2018 yil 7-8 mart kuni Qişloqazon mahallasi hududidan oqib ötuvçi kanaldan yangi tuğilgan öğil bola çaqaloqning böyin sohasiga mato bölagi boğlangan holda jasadi topilgan. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabar bermoqda.
Olib borilgan suriştiruv işlari natijasida çaqaloqning onasi aniqlandi, u Qiziriq tumanida yaşovçi, kasb-hunar kolleji öquvçisi, N.T. bölib çiqdi.
2018 yil 28 fevral kuni N.T. uyida öğil bola çaqaloqni tuğib, heç kimga bildirmay özining kiyimi bilan çaqaloqni böğib öldirib, söng jasadni yuqoridagi kanalga taşlab yuborganligi aniqlangan.
Körilgan çoralar natijasida N.T. qölga olingan.











