Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentga bir kunda necha ming avtomashina kirib-chiqishi ma'lum qilindi
Tez orada Toshkent shahrida avtomobillarini yo‘llarning ruxsat etilmagan qismida qoldirib ketgan haydovchilarga ular bo‘lmagan holatda ham jarima yozish mumkin bo‘ladi. ShIIBB boshlig‘i R.Jo‘rayev 10 mart kuni bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda shu haqda ma'lum qildi.
“So‘nggi 10 yilda xususiy avtomobillar soni 125 mingga oshdi va bugungi kunda Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tkazilgan avtomobillar soni 434 mingdan ortiqni tashkil etmoqda. Bunda kuniga 300 mingta transport vositalari poytaxtga kiradi va chiqadi. Albatta, shaharning ko‘plab yo‘llari bunday yuklanishga hamda harakatlanishga moslashmagan. IIBB Toshkent shahar hokimligi bilan bu muammo yuzasida birgalikda ishlamoqda.
Shu boisdan ham so‘nggi vaqtlarda shahardagi “to‘xtash taqiqlangan” va “to‘xtab turish taqiqlangan” kabi yo‘l belgilariga boshqacha yondashmoqdamiz. Oxirgi 3 hafta mobaynida 100dan ortiq belgilarni olib tashladik yoki almashtirdik. Masalan, shahar markazida harakatlanishga halaqit beradigan bo‘lsa, “to‘xtab turish taqiqlangan” yo‘l belgilari “to‘xtash taqiqlangan” belgilari bilan almashtirilmoqda.
Bundan tashqari, taqiqlangan joylarda qoldirilgan avtomashinalar egalariga, ular bo‘lmagan holatda ham jarima yozish mexanizmi ishlab chiqilmoqda. Avtomobillarni evakuator bilan jarima maydoniga olib ketish borasida qonunchilik me'yorlari ishlab chiqilgan”, - dedi ShIIBB boshlig‘i Rustam Jo‘rayev.
Mavzuga oid
12:11
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi bo‘lib o‘tadi
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:37 / 04.07.2026