«Tottenhem Hotspur» Angliya premer-ligasining 30-turida «Bornmut» ustidan yirik ğalabaga erişdi. Bornmutdagi «Vitaliti — Din Kort» stadionida keçgan uçraşuv mehmonlar jamoasining 4:1 hisobidagi ğalabasi bilan tugadi.

Öyinda birinçi bölib mezbonlar hisobni oçişdi. 7-daqiqada Junior Stanislas aniq harakat qildi. Londonliklar klubi 35-daqiqada Dele Allining goli bilan javob qaytarişdi. Ikkinçi bölimda «Bornmut» darvozasi Son Xin Min tomonidan işğol etildi. Öyinning oxirgi daqiqalarida Serj Ore yakuniy hisobni örnatdi - 4:1.

Qayd etiş kerakki, joriy mavsumda «şporlar» birinçi bölib gol ötkazgan öyinida ğalaba qozona olmay kelayotgandi. Jamoa şu vaqtgaça 10ta öyinda birinçi bölib gol ötkazib, faqat 5 durangga erişgan, 5 marta mağlub bölgan.

30 turdan keyin «Tottenhem» oçkolari sonini 61taga yetkazdi va Angliya çempionati turnir jadvalida uçinçi örinda mustahkamlandi. «Bornmut» 33 oçkosi bilan 12-örinda.

Angliya çempionati
30-tur
Bornmut – Tottenhem 1:4 (1:1, 0:3)
Gollar: 1:0 – 7 Stanislas, 1:1 – 35 Alli, 1:2 – 62 Son Xin Min, 1:3 – 87 Son Xin Min, 1:4 – 90 Ore.
Bornmut – Begoviç, Ake, Kuk, Deniels (Ayb, 67), Smit, Gosling, Kuk, Stanislas (Defo, 76), Frensis, Musse (King, 67), Uilson.
Tottenhem – Loris, Sançes, Rouz (Tripper, 81), Ore, Vertongen, Eriksen, Vanyama, Dembele, Alli (Sissoko, 86), Son Xin Min, Keyn (Lamela, 34).
Ogohlantirişlar: Rouz (18), Gosling (61).