Turkish Airlines parvozlar geografiyasini kengaytirmoqda hamda Samarqandga to‘g‘ridan to‘g‘ri reysni yo‘lga qo‘ymoqda.
16 martdan Turk havo yo‘llari samolyotlarining Samarqandga reysi haftasiga ikki marotabadan amalga oshiriladi.
Samarqanddan Istanbulga birinchi reysni jo‘natish marosimi 2018 yilning 16 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston rasmiy vakillari, shuningdek, Samarqand xalqaro aeroporti vakillari va Turkish Airlines rahbariyati ishtirok etadi.











