AQŞ prezidentining milliy xavfsizlik masalalari böyiça yordamçisi Gerbert Makmaster sözlariga köra, Qöşma Ştatlar KXDRga maksimal bosim ötkaziş siyosatini davom ettiradi. Bu Koreya yarim orolini yadro qurolidan xoli hududga aylantirişga erişiş uçun kerak, deya xabar bermoqda RIA «Novosti».

«Biz maksimal bosim ötkaziş kursini davom ettiramiz. Bizda BMT Xavfsizlik kengaşi doimiy vakillari bilan maksimal bosim kampaniyasini davom ettiriş böyiça umumiy maqsad bor. Bizning barçamiz bu imkoniyatga ijobiy qaramoqdamiz, biroq maksimal bosim ötkaziş böyiça kampaniyani ham davom ettirmoqçimiz. Bu yadro qurolidan xoli hududga aylaniş böyiça real harakatlar va haqiqatdan ham uşbu jarayon yuz bermagunga qadar davom etadi», - deya aytib ötdi Makmaster KXDR bilan boğliq vaziyat böyiça BMT Xavfsizlik kengaşiga a'zo davlatlar vakillari bilan uçraşuvdan söng.

Eslatib ötamiz, avvalroq Tramp Kim Çen In bilan uçraşuvga jiddiy tayyorgarlik körayotgani xabar qilingandi.