BMT Damaşq yaqinidagi Şarqiy Ğutada janglar töxtatilişiga erişa olmasa, unda AQŞ Suriyaga yana zarbalar berişi mumkin. Bunday ogohlantirişni AQŞning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli Xavfsizlik kengaşi yiğilişida ma'lum qilgan.

“Bu biz istayotgan yöl emas, biroq bu, namoyiş qilganimizdek, biz tanlaydigan yöl”, deb aytgan Xeyli.

U 2017 yil aprelda AQŞ Suriya hukumati qöşinlari aviabazasiga zarba berganini eslatib ötgan. Öşanda ğarb davlatlarining ta'kidlaşiça, bu aviabazadan Xon-Şayxun şahriga kimyoviy hujumni amalga oşiriş uçun samolyotlar kötarilgan.