Toşkentning «Bunyodkor» sport majmuasi Özbekiston futbol assotsiatsiyasi ixtiyoriga ötadi. Bu haqda KUN.UZ muxbiri ÖFA birinçi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonovga asoslanib xabar bermoqda.

«Olimpiya zaxiralari kollejiga endi futbol böyiça qabullar bölmaydi. Futbol böyiça alohida akademiyalar joriy qilinadi. Har bir hudud uçun alohida akademiyalar joriy qilinadi va bitta Respublika markazlaşgan akademiya böladi. 

Toşkentdagi «Bunyodkor» stadioni, sport kompleksi ÖFA ixtiyoriga ötkazilmoqda. Aynan şu yerda Respublika akademiyasini joylaştiriş közda tutilgan», deya gapirib ötgan Ahmadjonov.