Pyongçangdagi paralimpiya öyinlari musobaqalarga sotilgan çiptalar soni böyiça rekord örnatdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Kyodo ma'lumotiga köra, ayni damga qadar 320 531 çipta sotildi. 316 200 çiptalik rekord körsatkiç 12 mart kuni keçqurun örnatildi. Pyongçang bu körsatkiç böyiça Soçidan ham ötib ketdi.

Eng köp tomoşabinlar taşrif buyurgan hodisalar Janubiy Koreyaning aravaçalardagi kyorling böyiça öyinlari hamda janubiy koreyaliklar va yaponiyaliklar örtasidagi slej-xokkey böyiça uçraşuvga aylandi.

Paralimpiya öyinlarining oçiliş marosimiga 21 ming tomoşabin taşrif buyurdi, bu stadion siğimidan 72,5 foizni taşkil etadiyu

Eslatib ötamiz, paralimpiya öyinlari 18 mart kuni yakuniga yetadi.