Britaniyalik yuqori mansabli amaldorlar va qirollik oilasi a'zolari Rossiyadagi futbol böyiça jahon çempionatiga bormaydi. Bu haqda Buyuk Britaniya boş vaziri Tereza Mey parlamentdagi eşituvlar vaqtida xabar berdi.

Britaniya Rossiya bilan muloqotni butunlay uzişdan manfaatdor emas, biroq mamlakatlar örtasidagi munosabatlar endi heç qaçon avvalgidek bölmaydi, deya ma'lum qildi Tereza Mey.

Şuningdek, Buyuk Britaniya Rossiya Federatsiyasi taşqi işlar vaziri Sergey Lavrovga Londonga taşrif buyuriş böyiça yuborilgan taklifnomani bekor qildi.

Meyning bildirişiça, Buyuk Britaniya Rossiya bilan barça ikki tomonlama aloqalarni töxtatmoqda.

«Bizda Rossiya bilan munosabatlarda juda oddiy yondaşuv: «Işon, lekin tekşir». Biz Rossiya va Britaniya örtasida yuqori darajadagi barça rejalaştirilgan ikki tomonlama aloqalarni töxtatamiz», - deya aytib ötdi u.

Bundan taşqari, Buyuk Britaniya hukumati Rossiyaga tegişli xususiy samolyotlarni tekşirişni kuçaytiradi, şuningdek, Birlaşgan Qirollik xavfsizligiga tahdid haqida ma'lumot paydo bölsa, barça davlat aktivlarini muzlatib qöyadi.

Avvalroq Buyuk Britaniya rossiyalik 23 diplomatni mamlakatdan çiqarib yuborişi xabar berilgandi.