Fransiya ramzi – Parijdagi Eyfel minorasiga uning dastlabki körinişi qaytarilişi mumkin. Şu bilan boğliq holda minora qizil rangga böyalişi mumkin, çunki u birinçi kunlaridan aynan şunday rangda bölgan.

Minora öz vaqtida qizil, sariq, oç jigarrang tuslarda bölgan. Minora özining 129 yillik tarixi davomida 19 marta qayta böyalgan. Bu gal minora qanday rangda böyalişi hozirça noma'lum, ayni vaqtda uning dastlabki rangi – qizil rang muhokamadan ötmoqda.

“Biz eski ranglarni, avvalgi körinişni tiklaymiz. Bu hozirgi rangga nimanidir qöşiş haqida öy yuritişga sabab böladi”, deb aytgan Fransiya madaniyat vazirligi xodimlaridan biri. 

Minora uçun maxsus – “Eyfel jigarrangi” tusi yaratilgan bölib, minora 1968 yildan boşlab har 7 yilda şu rangga böyalgan. Biroq endi bu an'ana barham topişi mumkin.