Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bugun Qozoğistonga rasmiy taşrif bilan jönab ketdi. Ostona şahrida Tojikiston rahbari Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uçraşuvida ham iştirok etadi.

Davlat rahbari matbuot xizmatining xabar berişiça, prezidentga taşrif davomida taşqi işlar vaziri, prezidentning taşqi aloqalar böyiça yordamçisi, içki işlar vaziri, soğliqni saqlaş vaziri va mehnat vaziri ham hamrohlik qiladi.

Şuningdek, delegatsiya tarkibidan Din işlari böyiça qömita, Monopoliyaga qarşi xizmat, Davlat investitsiya qömitasi rahbarlari va boşqa mansabdor şaxslar joy olgan.