Internet yaratilganiga 29 yil töldi. Şu munosabat bilan uning yaratuvçisi Tim Berners-Li Internetning hozirgi holati haqida öz fikrlari bilan bölişdi.

Internetning zamonaviy holati olimni dahşatga solmoqda. Tarmoq yaratuvçisini köproq unda Google va Facebook kabi monopolit-kompaniyalarning paydo bölgani xavotirga solyapti. Ular öziga xos darvoza qorovuliga öxşab qoldi – aynan şu firmalar odamlarga nima körsatişni, Tarmoq foydalanuvçilariga qanday qaraşlar va ğoyalar bilan tanişişi mumkin ekanini hal qilmoqda.

Timning işonç bildirişiça, bu kompaniyalar öz raqiblari uçun deyarli aylanib ötiş imkonsiz bölgan tösiqlar qöyib, raqobatni öldirmoqda. Aynan şunday yirik kompaniyalar hozirda sohadagi barça iste'dodli şaxslarni yollamoqda, şuningdek, innovatsion texnologiyalarni xarid qilib, ularning yagona egasiga aylanmoqda. Bu kelayotgan yigirma yil avvalgisidan ança past sur'atda keçişi mumkin ekanidan dalolat beradi.

Şu bilan birga, Tarmoq yaratuvçisining fikriça, agarda Internet biroz bölsa ham nomarkazlaşgan bölganida, AQŞ siyosatiga axborot manipulyatsiyalari yordamida ta'sir körsatiş ança qiyin bölardi. Bu masalada yirik kompaniyalar tomonidan yordam taqdim etilişini kutiş kerak emas, sababi ular boşidan jamiyatda farovonlikni oşirişga emas, balki daromadni köpaytiriş maqsadida yaratilgan.

Eslatib ötamiz, Tim Berners-Li britaniyalik taniqli olim bölib, Internet yaratuvçilaridan biri sanaladi. Hozirda u Internet uçun standartlarni işlab çiqiş va tatbiq etiş bilan şuğullanuvçi Butunjahon örgimçak töri konsorsiumiga rahbarlik qiladi.