Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yirik davlat korxonalari sof foydasining 10 foizini innovatsion faoliyatni moliyalashtirishga sarflaydi
Foto: CNA
Endi xo‘jalik boshqaruvi organlari va yirik davlat korxonalari sof foydasining 10 foizini innovatsion faoliyatni moliyalashtirishga sarflashi kerak. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Xo‘jalik boshqaruvi organlari va yirik davlat korxonalaridagi Innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi Namunaviy nizom tasdiqlandi.
Namunaviy nizomga asosan xo‘jalik boshqaruvi organlari va yirik davlat korxonalari Jamg‘arma uchun ajratiladigan mablag‘lari unga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklaridan birida ochiladigan maxsus hisob raqamida jamlanadi.
Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi maqsadlarda sarflanadi:
yangi texnika va texnologiyalarni ishlab chiqish, zarur tajriba-sanoat sinovlarini o‘tkazish;
ilmiy-tadqiqot va oliy ta'lim muassasalari bilan ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bo‘yicha tuzilgan shartnomalarni moliyalashtirish;
ilmiy-tadqiqot va oliy ta'lim muassasalarining moddiy-texnik va ilmiy-laboratoriya bazasini mustahkamlash, ilmiy-texnik xodimlarni moddiy rag‘batlantirish va malakasini oshirishda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash.
Jamg‘armaning joriy yilda foydalanilmagan mablag‘lari qaytarib olinmaydi va kelgusida foydalanish uchun xo‘jalik boshqaruvi organlari va yirik davlat korxonalarining maxsus hisob raqamida saqlanadi.
Mavzuga oid
14:35 / 24.03.2026
Endi ayrim o‘quvchilar davlat imtihonini topshirmaydi
13:14 / 18.03.2026
Milliy tabiiy meros obektlarini ro‘yxatga olish tartibi tasdiqlandi
08:05 / 18.03.2026
Davlat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat kuchaytiriladi
08:36 / 18.02.2026