Qozoğiston Respublikasi Investitsiya va rivojlaniş vaziri Jyenis Qosimbekov kelgusida Özbekistonga qozoq lokomotivlarini olib kirişni bildirdi. Bu haqda Sputnik naşri xabar beradi.

«Biz Özbekistonga avval eksport qilmagan mahsulotlarni yetkazib berişni boşladik. Masalan, akkumulyator va transformatorlar, Aqtöbedagi yangi zavodda işlab çiqarilayotgan temir yöl relslari şular jumlasidandir. Ötgan yili taşkil etilgan Qozoğiston-Özbekiston işbilarmonlar forumida qariyb 840 million AQŞ dollaridan köp qiymatdagi şartnomalar imzolangandi. Öylaymanki, bu yil Ostonada ötkazilişi rejalaştirilayotgan forumda ham şunday natija takrorlanadi», deydi u. 

Ma'lumot uçun, Özbekiston Qozoğistonga asosan qişloq xöjaligi va yengil sanoat mahsulotlarini yetkazib turadi.