Germaniyada törtinçi marta kanslerga aylangan Angela Merkel bundestagda qasamyod keltirdi. Avvalroq GFR prezidenti Frank-Valter Ştaynmayyer uni Germaniya parlamentida saylanganidan söng lavozimiga tasdiqlagandi.

"Men öz kuçimni nemis xalqiga bağişlaş, uning farovonligini oşiriş, uni ziyonlardan himoya qiliş, Asosiy qonun va federatsiya qonunlariga rioya etiş hamda qöriqlaş, öz lavozimimni çin köngildan bajariş hamda har bir insonga nisbatan adolatli munosabatda bölişga qasamyod keltiraman", - deya aytib ötdi Merkel.

Bundestagda Merkel nomzodi böyiça ertalabki maxfiy ovoz berişda 692 deputat iştirok etdi, tört byulleten haqiqiy emas, deb topildi. Merkel uçun 364 deputat öz ovozini berdi. Şu bilan birga, uning qayta saylanişi uçun minimum daraja 355 ovozga teng edi. Uşbu çaqiruvdagi Bundestagga 709 deputat kirdi.