Britaniyalik maşhur fizik Stiven Hoking 76 yoşida vafot etdi. 1963 yilda 21 yoşli Hokingda yon tomon amiotrofik sklerozi – markaziy asab tizimining surunkali kasalligi aniqlandi, keyinçalik u butunlay falaj bölib qolgan. 

Bu haqda BBC fizikning oila a'zolariga tayangan holda xabar bermoqda.

Hoking ilmiy faoliyatining asosiy sohasi kosmologiya va kvant gravitatsiyasi bölgan, u qora tuynuklarni örganişga köp vaqtni sarflagan.

U öz hayoti davomida qator ilmiy-ommabop kitoblarga mualliflik qildi, xususan, «Vaqtning qisqaça tarixi», «Koinotdagi qora tuynuklar» va «Yonğoq pöçoğidagi dunyo» şular jumlasidan.