MB va DBQning qarori (12.03.2018 yilda 1326-2-son bilan röyxatdan ötkazilgan) bilan Özbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasini olib kiriş va olib çiqiş tartibi töğrisidagi nizomga özgartirişlar va qöşimça kiritildi, deb yozmoqda Norma.
 
Ruxsatnoma – 09006-son şakl böyiça
 
Eslatib ötamiz, 2004 yil 1 martdan boşlab rezident va norezident jismoniy şaxslar tomonidan naqd milliy valyutani (sömni) Özbekistonga olib kiriş va olib çiqişga EKIHning 50 baravaridan oşmaydigan summa doirasida ruxsat beriladi. Körsatilgan summadan ortiqça naqd milliy valyutani olib çiqişga ruxsatnoma oliş zarur.
 
Endi mazkur ruxsatnoma Markaziy bankning Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyat yoki Toşkent şahri böyiça boş boşqarmasida beriladi (ilgari buni Markaziy bankning özi amalga oşirar edi).
 
Bunda taqdim etilgan hujjatlar yuzasidan e'tiroz bölmasa, MB boş boşqarmasi 09006-son şakl böyiça ruxsatnoma rasmiylaştiradi. Uni MB boş boşqarmasining boşliği imzolaydi. Ruxsatnoma – qat'iy hisobdagi blanka bölib, «Davlat belgisi» DIÇBda tayyorlanadi va zarur darajada himoyalangan böladi. Har bir blanka bir xil seriya va tartib raqamiga ega 2 nusxadan iborat böladi: birinçisi ariza beruvçiga topşiriladi, ikkinçisi esa boş boşqarmada qoladi.  
 
Ruxsatnoma pulni bir marta olib çiqiş huquqini beradi, sababi çiqib ketiş çoğida bojxonaga topşiriladi. Unda berilgan arizaga muvofiq summa qayd etiladi. Ruxsatnoma 3 oy davomida amal qiladi.
 
Ruxsatnomani rasmiylaştirganlik va berganlik uçun haq undirilmaydi.
 
Summa EKIHning 50 baravaridan ortiq bölgandagina deklaratsiya töldiriladi
 
Naqd sömni olib kiriş-olib çiqişda deklaratsiyalaş zarurligi masalasi xuddi şu tartibda hal etiladi. Summa EKIHning 50 baravaridan oşmasa – deklaratsiyalaş kerak emas (olib kirişda ham, olib çiqişda ham, rezidentlar tomonidan ham, norezidentlar tomonidan ham). Rezidentlar EKIHning 50 baravaridan ortiq summani olib çiqayotganda butun summa yölovçi bojxona deklaratsiyasida körsatiladi.
 
Hujjat 12.03.2018 yildan kuçga kirdi.