AQŞ prezidenti Donald Tramp Reks Tillersonni Davlat departamenti rahbarligidan iste'foga çiqardi.
Reks Tillerson avvaldan Donald Tramp bilan ziddiyatda bölgan
ExxonMobil neft kompaniyasining sobiq rahbari bölgan Reks Tillerson AQŞ prezidenti Donald Trampning jamoasidagi eng sara kişilardan edi. U ham Tramp jamoasidagi boşqalar kabi avval davlat işida işlamagandi, ammo u bundan xijolat bölmasa ham bölardi.
Davlat departamentini boşqarar ekan, Tillerson sifatli kadrlar yetişmovçiligi muammosiga duç keldi. Çunki, eski kadrlarning aksar qismi Tramp ma'muriyatida işlaşni istamadi. Diplomat sifatida u mö'tadillik pozitsiyasini tutdi va prezidentning bayonotlariga tez-tez e'tirozlar bildirib turdi. Masalan, 2017 yil yozida Tramp tvitterida KXDR rahbari Kim Çen Inga yangi laqab öylab topganida, Tillerson şimoliy koreyalik diplomatlar bilan aloqa qilib, vaziyatni yumşatgandi.
ExxonMobil haqidagi kitob muallifi Stiv Koll Bloomberg uçun bergan intervyusida Tillersonning kompaniyada öta samarali iş yuritgani, u barça xodimlarini öz joyida işlata olgani bayon qilingan. Ammo u Davlat departamentida bunga erişa olmadi: bu yerda uning atrofidagi maslahatçilar diplomatik xizmatda tajribasiz edi, şu tufayli u kerakli joylarga kerakli odamlarni qöya olmadi.
Ammo bu Tillersonning yagona muammosi emasdi. U Oq uy ma'muriyatidagi Tramp bilan yaqindan taniş bölmagan kamdan-kam odamlardan biri edi. Tramp uning fikriga quloq tutmas, ularning orasida turli masalalarda ayriça qaraşlar şakllangandi: prezident Barak Obama ma'muriyati erişgan Eron yadroviy dasturi böyiça kelişuvni butunlay muvaffaqiyatsizlik deb baholar, Tillerson esa bu kelişuvni qöllab-quvvatlardi.
Tillersonga prezidentning boşqa qaraşlari va harakatlari ham yoqmagan. Masalan, Tramp 2017 yil kuzida Şarlotsvillda millarçilar tomonidan uyuştirilgan marşlarga e'tiroz bildirmagan — Tillerson esa afroamerikaliklarni tahqirlovçi bu harakatlarni keskin tanqid qilib çiqqandi. Şuningdek, Tramp siyosatdan uzoq «Amerika boyskautlari» taşkiloti a'zolari qarşisida siyosiy nutq irod qilgan, öz vaqtida bu taşkilotga rahbar bölgan Tillersonga bu ham yoqmagandi.
CNN va boşqa bir qator naşrlar manbalariga köra, 2017 yil yozida Pentagondagi majlislardan biridan keyin Tillerson Trampni «ötaketgan tentak» deb atadi. Bunga Trampning yadroviy qurollanişni rivojlantiriş haqidagi sözlari sabab bölgan. Öşanda Tillerson işdan böşamoqçi bölgan, ammo uni qolişga köndirişgan.
Iste'fo kuzda tayyor edi, Tillerson ketişga şoşilmadi












