AQŞ prezidenti Donald Trampning hisoblaşiça, sobiq davlat kotibi Reks Tillerson iste'fodan keyin özini baxtiyor his qilişi mumkin. Bu haqda u San-Diyegodagi çiqişi vaqtida aytib ötdi.
«Menimça, Reks endi biroz baxtiyor böladi», degan Tramp özining qaroriga izoh bera turib.
Bugun Tramp Reks Tillersonni AQŞ Davlat kotibi lavozimidan oldi va uning örniga Markaziy razvedka boşqarmasi direktori Mayk Pompeoni tayinladi.Mayk Pompeo örniga uning örinbosari bölib işlab kelgan Jina Xespel MRBning yangi direktori böldi.
Bundan avvalroq Oq uy Tramp Tillersonni KXDR bilan muzokaralar arafasida jamoasini yangilaş maqsadida işdan böşatganini ma'lum qilgandi.












