Vazirlar Mahkamasining 7.03.2018 yildagi 186-son qarori bilan ayrim qonun hujjatlariga hunarmandlarni qöllab-quvvatlaşga doir tuzatişlar kiritildi, deb yozmoqda Norma.

Eslatib ötamiz, Prezidentning 17.11.2017 yildagi PF–5242-son Farmoni bilan hunarmandlarga turli imtiyoz va preferensiyalar taqdim etilgan, xususan ularning davlat mulkini soddalaştirilgan tartibda xususiylaştiriş çora-tadbirlari nazarda tutilgan.

Qabul qilingan hujjatda hunarmandlarning davlat obektlarini sotib olişi, şuningdek «nol» xarid qiymati böyiça sotib olişining aniq tartibi belgilangan. Vazirlar Mahkamasining 6.10.2014 yildagi «Davlat mulki obektlarini xususiylaştiriş tartibi töğrisidagi nizomlarni tasdiqlaş haqida»gi 279-son qaroriga tegişli qöşimçalar kiritildi.

Şunday qilib, hunarmand kamida 5 yil mobaynida faqat hunarmandçilik faoliyatini amalga oşiriş uçun töğridan-töğri oldi-sotdi şartnomasi böyiça davlat köçmas mulk obektini sotib olişi mumkin. Buning uçun uning buyurtmanomasi va «Hunarmand» uyuşmasining iltimosnomasi zarur. Bunda obektni sotuvga qöyiş töğrisidagi e'lon OAVda berilişi mobaynida u hunarmandga sotilişi mumkin. Bir neçta hunarmandlar obektga ega böliş istagini bildirgan taqdirda, bu obekt uşbu hunarmandlar iştirokidagi oçiq savdolar orqali sotiladi.

Obektni xususiylaştiriş töğrisidagi ariza bölmasa yoki hunarmand oldi-sotdi şartnomasini tuzişni rad etsa, uşbu obekt tanlov ötkaziş yöli bilan sotiladi.

Davlat mulki obektlari töğridan-töğri muzokaralar ötkaziş orqali xuddi şunday tartibda «nol» xarid qiymati böyiça hunarmandlarga sotiladi.

Hujjat 9.03.2018 yildan kuçga kirdi.