O‘zbekiston | 15:47 / 14.03.2018
14564
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Tojikistonga gazni jahon narxlarida yetkazib beradi

Foto: neftegaz.ru

O‘tgan hafta Dushanbeda o‘tkazilgan Tojikiston-O‘zbekiston biznes-forumida Tojikistonga o‘zbek gazi yetkazib berishni tiklash to‘g‘risida kelishuv imzolandi. Hujjat ikki mamlakat parlamenti tomonidan ratifikatsiya qilinib, qonuniy kuchga kirganidan keyin «ko‘k yoqilg‘ini» mamlakatga yetkazib berish boshlanishi kutilmoqda.

«Gaz» kelishuvi biznes-forum davomida imzolangan 16 hujjatning biri bo‘ldi. Ikki davlat rasmiylari 9 mart kuni imzolangan bitimlarning umumiy miqdori 620 million dollarni tashkil qilganini ma'lum qildi. 

«Tojiktransgaz» rahbariyati bu borada izoh berishdan bosh tortdi. Ushbu idoraga yaqin bo‘lgan manbaning ma'lum qilishicha, O‘zbekiston endi har bir ming kubometr tabiiy gazni jahon birja narxlari bo‘yicha sotadi, oldindan to‘lovni amalga oshirish bundan buyon majburiy shart bo‘lmaydi.

Jahon bozorlarida tabiiy gaz narxi bugungi kunda har bir ming kubometr uchun 263 dollarni tashkil etadi. 2012 yilda, Tojikiston o‘zbek gazini sotib olgan oxirgi marta, bir ming kubometr mamlakatga 350 dollarga tushgan.

Tojikiston Fanlar akademiyasi Iqtisodiyot instituti iqtisodchisi, ilmiy xodimi Shamsiddin Jalolovning aytishicha, bu kelishuv tafsilotlarini yaxshi biladi. Uning bildirishicha, u Tojikistonning energetik mustaqilligiga erishish yo‘lida «jiddiy qadam».

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘zbek gazining importi katta miqdordagi elektr energiyasi hajmini tejaydi va uning ortiqcha miqdorini qo‘shni mamlakatlarga sotish imkonini beradi. Bundan tashqari, ko‘plab mahalliy sanoat korxonalari ko‘mirdan gazga o‘tadi va yaxshiroq mahsulot ishlab chiqara boshlaydi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid