Har xil öyinlar böladi, misol uçun, mağlub tomon haqida fikr bildirganda, balki mana bu vaziyatni golga aylantirganda, balki mana bu yerda omadi kelganda öyin boşqaça yakunlanişi mumkin ekanini aytamiz. Şunçaki öyin ssenariysi pand bergan böladi, boşqaça jarayonda balki boşqaça natija imkoni mavjudligini bilib turamiz. Ya'ni, agar «Mançester Siti»ga qarşi öynayotgan «Bazel» bölmasangiz, har qanday YeÇL pley-off öyinida, har ikki jamoada ğalaba uçun imkoniyat böladi. Ammo, agar «Mançester Yunayted» «Sevilya» bilan öyinda yutiş uçun biror nima qildimi, deb söralsa, bemalol «yöq», deb javob beriş mumkin. Bir qator omillar tufayli, Mançester jamoasi har tomonlama özidan kuçsiz sanalgan va Ispaniyada muammolarga duç kelayotgan «Sevilya»ga qarşi heç narsa qila olmadi.
EKSPeRIMeNTLAR
«Bunday futbolçilarni sotib oliş imkoniyati bölsa, foydalaniş kerak» – degandi, aslida qişki transferlarni yoqtirmaydigan Joze Mourino Aleksis Sançes haqida. Sançes kabi futbolçilarning yangi jamoaga moslaşişlari, şu bilan birga, jamoaning Sançesga moslaşişi oson keçmayapti. Keçagi öyinning aynan şu eksperimentlar davriga töğri kelgani ham «MYu» zarariga işladi.
Mourino doim maydonga eng yaxşilarni tuşirişi va yaxşi natija berayotgan tarkibda u qadar rotatsiya qilmasligi bilan tanilgan. Ammo hozir u öz prinsiplariga qarşi bormoqda. Çap qanotda Reşford va Marsiyalning özaro raqobati yetmagandek, Sançesni ham öşa yerda sinaşga va yoş hujumçilarni boşqa pozitsiyalarga «haydaş»ga majbur bölinyapti.
Foto: Twitter
Eng yomoni, bu çuqurga bilib turib bir neça marotaba tuşilayotganidir. «Tottenhem» bilan öyinni avvalgi öyinlarda yaxşi formaga kirib olgan Marsiyal Sançes tufayli öng qanotda boşlagandi va 2-bölimda yana çap qanotga qaytarilgandi. Mourino uçun bu yetarli bölmadi, «Nyukasl»da ham eksperimentlar davom etdi. «Çelsi» bilan öyinda çap qanotda Reşford mavsumdagi özining eng yaxşi öyinlaridan birini ötkazgaç, nihoyat Mourino barçasini tuşunganini taxmin qilgandik. Lekin, yöq, «Sevilya» bilan öyinda Sançes yana çap qanotda, Reşford esa, samaradorligi sezilarli tuşib ketadigan öng qanotga ötkazib yuborildi. Sançesga özi yoqtirgan pozitsiyasida öynatiş uçun, işlab turgan sistemani buziş töğri edimi?
Pol Pogba yoki Maktomini haqida ham şu gap. Mourino Maktominini «Çelsi» va «Liverpul» bilan öyinlardagi ajoyib harakati uçun maqtadi, ammo YeÇL öyinida keçagina tiklangan Fellaynini tanladi. Zaxirada qolgan Pogba esa, ikkinçi bölimda hujumni kuçaytiriş uçun tuşirildi, ammo u doim foydaliroq böladigan oldingi çiziqqa emas, aynan Fellaynining örniga.
Mavzuga oid
Foto: Twitter
Mehmonlarning dastlabki goli ham aynan maydon markazidagi böşliq tufayli yuzaga kelganiga e'tibor bering. Mourino Pogba heç qaçon Kante bölmasligini nihoyat tan oliş örniga, hali ham, mavsumning eng qizğin pallasida, pley-off öyinida six ham, kabob ham kuymaydigan optimal tarkib qidirib yurişi qaçondir biror mağlubiyatga sabab bölişi aniq edi.
ÖZIGA ÖZI QOPQON
Safardagi gol qoidasi juda xavfli qoida. Öz maydonida darvozasini daxlsiz saqlagan jamoa javob öyinida yaxşigina ruhiy ustunlikni qölga kiritadi. E'tibor bergan bölsangiz, keçagi öyinning oxiri yaqinlaşgan sari, mezbonlarda bosim oşa boşladi, çunki, endi, «Sevilya»ning har bir goliga ikki gol bilan javob berişga töğri kelardi.
Şunday ekan, birinçi öyinda imkon qadar gol uriş talab etilar edi. Mana şunday xavfli vaziyatga tuşmaslik uçun, Sevilyada «MYu» gol urişga intilişi şart edi. Mourino bemalol 0:0 uçun öynaşga urindi va bu hisob özi uçun qoniqarli ekanini yaşirmadi. Mana oqibat.
Foto: BBC
«Çelsi» va «Liverpul» ustidan ğalabalar Mourinoning muhim duellar ustasi, har qanday vaziyatga strategik yondaşib, bahslarni yutib ketadigan buyuk taktik sifatida namoyon qilgandek böldi, lekin aslida, bu portugaliyalik murabbiyning zarariga işladi. Safar öyinlari natijasiga köra, Yevropaning eng yomon klublaridan biri, Ispaniya çempionatida allaqaçon 42 gol ötkazib ulgurgan, sönggi yillardagi eng yomon davrini ötkazayotgan «Sevilya»ni yutiş uçun «şaxmat öynaş» şart emas edi. «Sevilya» darvozasiga «Atletiko»ni qöya turaylik, «Eybar», «Betis», «Spartak» kabi jamoalar ham beştadan gol urişganini unutmaylik. Kuçli tarkib bilan, sal yuqori bosim ostida öz öyinini qiliş orqali, «Mançester Yunayted» bemalol bu jamoadan öta olardi nazarimda.
Montella qandaydir kutilmagan yurişlar bilan Mourinoni qiyin ahvolga solib qöymadi. Aksinça, Mourinoning özi hisob-kitoblarning asiriga aylanib qoldi, deyiş mumkin.
Foto: BBC
ÇARÇOQ
«Sevilya» uç kun oldin «Valensiya»ga qarşi muhim öyinda maydonga tuşdi. Ammo tan oliş kerak, sönggi 20 kunda juda qiyin 4 öyinni ötkazgan Mourino jamoasining jismoniy holati pand bergan bölişi tabiiy. «Sevilya»ga safar, «Çelsi» va «Liverpul» bilan töğridan-töğri olti oçkolik öyinlar, «Kristal Pelas»ga qarşi sarflangan katta energiya öz sözini aytdi. Valensiya, Yang, Lukaku, Sançes, Matiç, Smolling kabi futbolçilar bu öyinlarda töliq harakat qilişlariga töğri keldi. Pogba, Marsiyal, Fellayni, Jons kabi futbolçilarning katta-kiçik jarohatlari murabbiyga yetarliça rotatsiya qiliş imkonini bermadi.
Umuman, gap rotatsiyada ham emas, APLdagi öyinlar qaysidir ma'noda YeÇL pley-offidan ham muhimroq, çunki öşa öyinlardagi salbiy natija jamoani kuçli törtlikdan taşqariga uloqtirişi heç gap emas edi. «Mançester Yunayted» dastlabki sinovlardan yaxşi ötdi, lekin a'lo darajada öynab, barça quyonni ovlaş uçun tarkib ham, salohiyat ham, energiya ham yetarli emasdi, balki.
RAQIBDA BOSIMNING KAMLIGI
Ispan jamoalari bahorga borib juda xavfli bölib qolişadi. «Real» va «Barselona» şundoq ham kuçli tarkibga ega, alohida öyinlarda turnir masalasini hal qiliş kerak bölsa, ulardan xavflisi yöq. Öz navbatida, boşqa klublar haqida ham aytiş mumkin, «Sevilya» böladimi, «Selta»mi, «Vilyarreal»mi mavsumning şu pallasiga kelib, juda xavfli raqibga aylanişadi.
Foto: Champions League
Sababi, içki çempionatdan deyarli barça savollarga javob topilgan, bor imkoniyatini yevrokuboklarga qaratiş imkoniyati bor. Ayniqsa, La-Ligani muvaffaqiyatsiz ötkazayotgan va buning uçun hamma tanqidni eşitib, murabbiyni almaştirişga ulgurgan «Sevilya» uçun YeÇL bir bonus, ayniqsa, «MYu» kabi yiliga yuz millionlarni «kördim demaydigan» jamoadan mağlub böliş u qadar şarmandalik emasdi. Montella ham özini juda xotirjam tutdi, «Old Trafford»ni maqtadi, 1/8 final ham şogirdlari uçun zör natija ekanini qayd etdi va raqib xatolarini kutib ötiraverdi. Vazifani uddalamaslikdan haddan ziyod qörqib yuborgan va tört yillik tanaffusdan söng, YeÇL pley-offda ilk bor maydonga tuşgan «MYu»ning özi ğalabani tortiq qilib yuboraqoldi. Tan oliş kerak, sönggi tört yilda uç marta yevrokubok finalida öynagan klub qanday ahvolda ekanidan qat'i nazar bunday sovğalardan voz keçmaydi.
Qaysidir ma'noda, ötgan yili Yevropa Ligasi yarim finalini eslaş mumkin. APLda bor imkoniyatini sovurgan «Mançester Yunayted»ning bor umidi öşa turnirda ğalaba qozoniş bölib qolgandi. «Selta» esa kamtarona tarzda, bosimsiz harakat qilgan va sal bölmasa, «Old Trafford»da 2:1 hisobida yutib, finalga çiqib ham ketardi. Yon Gvidettining nönoqligi «MYu»ni finalga olib çiqqandi. Aslida tarkib va salohiyat borasida «Selta» ötgan yilgi «MYu»ning yoniga ham kela olmasdi.
XULOSA
Agar vaziyatga sal teparoqdan qarasak, «Mançester Yunayted»ning YeÇLda ğolib çiqiş imkoniyati juda kam edi. Mourino jamoalari doim pley-offda xavfli ekani aytilsa-da, menimça, unday emas. Ayniqsa, bugungi «MYu» alohida sparringlar uçun tayyor, deb aytiş juda qiyin. Angliyadagi barça top öyinlarda, hatto «MYu» ğalaba qozongan öyinlarda ham, öyin borasida jamoa raqibiga köp jihatlardan boy berganini kördik. Yevropada yanada xavfli raqiblar borligini e'tiborga olsak, «non yöq» edi.
«Sevilya»dan mağlubiyat, tanlangan qörqoq taktika, öyin oxirlaridagi ayançli holat muxlislar qalbida oğriqli xotira sifatida iz olişi turgan gap, lekin real qaraganda, bu vaziyatning ham yakunida «MYu» heç narsa yöqotmasligi mumkin.
Katta ehtimol bilan, içki çempionatda öz oçkolarini olgan «Mançester Yunayted» 2-örinni egallagan holda, aytaylik, YeÇL çorak finalida zör öyin körsatib, yutqazib qöygan «Liverpul»ni qöli bilan körsatadi va ulardan yuqori turganini aytib, maqtanar, kim biladi. Lekin undan haqiqiy ğalabalar kutişayotganini e'tiborga olsak, bu nomerlar kelasi mavsumda ötmasa kerak. «Old Trafford» faqat turnir jadvali va közga taşlanmaydigan hisob-kitoblardan taşqari, yorqin ğalabalarni ham soğingan.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi