«Mançester Yunayted» Yevropa Çempionlar ligasi nimçorak finali javob uçraşuvida sensatsion ravişda «Sevilya»ga yutqazdi va turnirni tark etdi.
MANÇeSTeR YuNAYTeD – SeVILYa – 1:2 (0:0)
Gollar: Ben Yyedder, 74 (0:1). Ben Yyedder, 78 (0:2). Lukaku, 84 (1:2).
«Mançester Yunayted»: de Xea, Valensiya (Mata, 77), Bayi, Smolling, Yang, Reşford, Matiç, Fellayni (Pogba, 60), Lingard (Marsyal, 77), Sançes, Lukaku.
«Sevilya»: Riko, Merkado, Ker, Langle, Eskudero, Sarabiya, N`Zonzi, Banega, Vaskes (Pisarro, 88), Korrea (Gays, 89), Muriel (Ben Yyedder, 72).
Ogohlantirişlar: Banega, 5. Ben Yyedder, 80. Korrea, 88. Sarabiya, 90.
Hakam: Makkeli (Gollandiya).
13 mart. Mançester. «Old Trafford» stadioni.
Birinçi öyin – 0:0.
Sevilyadagi öyinda «Mançester Yunayted»ni de Xea qutqarib qolgandi. Şu sababli Mançesterdagi javob öyinidan oldin barça ispaniyalik «sakkizoyoq» haqida gapira boşladi.
Masalan, «Liverpul»ning sobiq sardori Stiven Jyerrard BT Sport efirida şunday dedi: «Mendan David uçun eng yaxşi kompliment şunday: undan nafratlanaman». «Sevilya»ning ingliz tilida yuritiladigan tvitterida esa darvozabonga hazil qilindi: «Ey, de Xea! Özingni jahon çempionati uçun asraganing yaxşi! Rahmat».
Birinçi bölimda ispaniyalik darvozabon özini körsatişiga hojat bölmadi - «Sevilya» töpga egalik qilişni istamadi, töp «Mançester Yunayted»ga ham kerak emasdi. Ötgan haftada «Liverpul»ga qarşi öyinda «Mançester Yunayted» maydonda ikkinçi raqam ostida harakat qilgan holda muvaffaqiyatga erişgandi. Bu öyinda ham şunday bölişi kutilgan iş edi.
Ammo Fellaynining öyin uçun soç turmagi kutilmagan hol böldi. Şu kuni jurnallardan biri belgiyalik futbolçi iştirokidagi fotosessiyani e'lon qildi, unda futbolçi Mikki Maus körinişida edi.
Futbolçi andalusiyaliklarga qarşi öyinga odatdagi körinişda qaytdi. Birinçi bölimda u jamoasining eng yaxşilaridan biri böldi, Sançes bilan kombinatsiya uyuştirib, zarba beriş nuqtasiga çiqib bordi, ammo uning zarbasini Riko bartaraf etdi.
«Sevilya» birinçi bölimda önlab zarbalar berdi, ammo barçasi xato ketardi. Tanaffusdan keyin esa Vinçentso Montella jamoasi öyinni kuçaytirdi, çunki futbolçilar bunaqa «MYu»ni «bosib taşlaş» mumkinligini his qilişgandi. Ikkinçi bölim boşida Karrera ajoyib imkoniyatga ega bölgandi, ammo Bayi özini körsatib, argentinalik futbolçining oyoqlari ostidagi töpni olib ketdi.














