Ötgan yilda vazirlik va idoralar kesimida eng köp murojaatlar – Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligiga yuborilgan – 134 ming. Bu haqda ÖzA xabarida aytiladi.
Keyingi örinlardan Oliy sud – 89 ming; Boş prokuratura – 86 ming; Majburiy ijro byurosi – 67 ming; Banklar – 66 ming; Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi – 65 ming; Soğliqni saqlaş vazirligi – 52 ming; “Özbekneftgaz” – 38 ming; “Özbekenergo” – 27 ming murojaat bilan joy olgan.
Mazkur murojaatlarda kötarilgan asosiy muammolar – uy-joy va yer ajratiş muammolari – 14,2 foiz; mehnat va bandlik masalalari – 8,7 foiz; kommunal xöjaligidagi muammolar – 7,9 foiz; sud-huquq tizimiga oid masalalar – 7,1 foiz; bank-moliya sohasiga doir – 5,5 foiz; moddiy yordam körsatiş muammolari – 4,14 foiz; ta'lim-tarbiya sohasi bilan boğliq muammolar – 3,6 foiz; aliment undiriş muammolari – 3,1 foiz.












