Xalqaro valyuta jamğarmasi Özbekistonda yalpi içki mahsulot ösişi 2018-2019 yillarda 5 foiz atrofida bölişini prognozlaştirmoqda. Bu haqda jamğarma vakili Albert Yeger 14 mart kuni taşkil etilgan matbuot brifingida ma'lumot berdi.
Joriy yilning 27 fevral kunidan to 12 martgaça Özbekiston Respublikasida amaliy taşrif bölgan janob Yeger vazirlik, idora va taşkilotlarning turli darajadagi ​rahbar hamda xodimlari bilan uçraşdi. Kun.uz muxbirining xabar berişiça, janob Yeger Özbekiston iqtisodiyoti asosan qişloq xöjaligi hamda quriliş sohasidagi jadal özgarişlar evaziga ösişini nazarda tutgan.

Albert Yeger / Foto: Xalqaro Press klub

«XVJ doimo a'zo davlatlarga turli tavsiyalar tayyorlab beradi. Taşkilot ustavining 4-moddasiga köra, iqtisodiy vaziyat mutaxassislar tomonidan tahlil etilgaç, ehtimoliy şartlar işlab çiqiladi», deb fikr bildirdi Albert Yeger.

XVJning Özbekistonga taşrif buyurgan monitoring guruhi vakili «mamlakatda inflyatsiya jarayoniga» baho berdi.

«Öylaşimça, inflyatsiya sur'atlari avvalgi davrga taqqoslaganda ança ijobiy körsatkiçni bildirmoqda. XVJ tan olgan metod va mexanizm böyiça tahlil etsak, inflyatsiya körsatkiçi 20 foizga yaqinlaşib bölgandi. Iqtisodiy va siyosiy islohotlar raqamlarga ham ta'sirini ötkazmoqda. Ammo, buning bir ijobiy tomoni bor: avval inflyatsiya salbiy omillar ta'sirida ösib ketardi. Endilikda islohotlar va ijobiy omillar ta'sirida inflyatsiya paydo bölgan. Bularning bari vaqtinça, deb bilaman», deydi u.

Eslatib ötamiz, taşkilot 2017 yil oktabr oyida e'lon qilgan hisobotida Özbekistondagi inflyatsiya körsatkiçi 12,7 bölganini bildirgandi. Kelasi yilda YaIM ösiş sur'ati esa 6 foiz bölişi taxmin qilingan.