Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovning ma'lum qilişiça, Buyuk Britaniya xatti-harakatlariga javob çorasi sifatida britaniyalik diplomatlar ham mamlakatdan çiqarib yuboriladi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Vazir Moskva britaniyalik diplomatlarni Rossiyadan çiqarib yuborişga tayyor ekaniga oid savolga javob berar ekan, «albatta» deb javob qaytargan. Bundan taşqari, uning bildirişiça, Rossiya tomoni YeI bilan hamkorlikka tayyor böladi, bunda şeriklar «amerikalik rusofob tendensiyalar, jumladan sanksiyalar hamda provokatsiyalarni töxtatişi» talab etiladi.
«Hozirda Buyuk Britaniya hukumati tomonidan röy berayotgan xatti-harakatlarga qöşiliş manfaati ham yöqolişi kerak, ular oddiy odob-axloq normalaridan ham taşqariga çiqmoqda», - deya qöşimça qilib ötdi Lavrov.













