Ukraina boş prokurori Yuriy Lutsenkoning ma'lum qilişiça, Oliy rada deputati Nadejda Savçenko hibsga olinişi mumkin. U Radada terakt amalga oşirişga tayyorgarlik körişda gumonlanmoqda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qildi.
«Tergovda Ukraina xalq deputati Nadejda Savçenko Oliy rada zalida terrorçilik aktini sodir etişni şaxsan rejalaştirgani, şaxsan odam yollagani, şaxsan buni jangovar granatalar yordamida amalga oşiriş borasida körsatmalar bergani yuzasidan rad etib bölmaydigan dalillar bor. U minomyotlar orqali Oliy rada qubbasiga zarar yetkaziş va omon qolganlarni avtomatlar yordamida öldirmoqçi bölgan», - deya aytib ötdi Lutsenko.
Uning qöşimça qilişiça, Oliy radaga Savçenkoni jinoiy javobgarlikka tortiş, qölga oliş va hibs qildiriş böyiça taqdimnoma kiritadi.

















