
Özbekiston Respublikasi Markaziy Banki raisi Mamarizo Nurmurodov özbek valyutasining qayta moliyalaş stavkasi özgarişi masalasiga oydinlik kiritdi. Uning sözlariga köra, yaqin kelajakda stavkani özgartirişga undovçi omillar mavjud emas.
Kun.uz muxbiri bilan suhbatlaşgan MB raisining aytişiça, inflyatsion kutilma va inflyatsiya ösişi prognoz qilingan raqamlar bilan mos keladi.
«Aholi orasida 190dan ortiq mahsulotga belgilangan narx böyiça munosabatini örgandik. Natija - ijobiy. Inflyatsiya körsatkiçi esa yanvarda 2,7 foiz, fevralda 1,1 foizlik körsatkiçni bildirdi. Ösiş sur'ati bir xonali sondan pasayişini kuzatişimiz ham mumkin. Umuman, yil oxirigaça inflyatsiya 14 foizgaça bölişi taxmin qilinmoqda», deydi u.
Ma'lum qilinişiça, ana şu ijobiy vaziyat birinçi yarim yillikda saqlanib qolsa, sömning qayta moliyalaş stavkasi özgarmay qoladi. Agar vaziyat boşqa tarafga burilsa, ikkinçi yarim yillikda Markaziy Bank holatni yaxşilaş mexanimzlarini muhokama etib çiqişi mumkin. Bu orada stavkani özgartiriş ham istisno etilmaydi.











