«UZDIGITAL TV» kompaniyasi 2017 yil Özbekistonda raqamli televideniyega texnik va texnologik ötişga doir davlat dasturi asosida respublikamizning barça hududlarini qamrab olişga kirişdi. Milliy televideniyemizda raqamli telekörsatuvga ötiş muhim bosqiçdir. Ayni vaqtda «UZDIGITAL TV» MÇJ savdo va abonentlarga xizmat körsatiş ofislari Toşkent, Farğona, Andijon, Namangan, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Qarşi va Urganç şaharlarida iş boşlagan, şuningdek, uşbu şaharlarda kompaniyaning rasmiy distribyutorlari ham faoliyat olib bormoqda.

Foto: UZDIGITAL TV

2018 yil 14 mart kuni UZDIGITAL TV kompaniyasining savdo va abonentlarga xizmat körsatiş ofisi Nukus şahrida, Yernazar Alaköz köçasi, 20-uy manzilida öz faoliyatini boşladi. Raqamli televideniyega ulanişni istaganlar yuqorida körsatib ötilgan manzilda ulaniş uçun qurilmalarni xarid qilişlari mumkin.

Foto: UZDIGITAL TV

Kompaniya siyosati har bir mijoz uçun yuqori darajadagi qulayliklar yaratiş asosida bunyod etiladi:

- Kompaniyada 24 soat davomida abonentlarni texnik qöllab-quvvatlaş xizmati (Call –markaz) yölgaqöyilgan.

- Abonentlarga yanada köproq qulaylik yaratiş maqsadida mobil aloqa vositalari uçun «UZDIGITAL TV» mobil ilovasi işlab çiqilgan bölib, uning yordamida öz xizmatlar paketingizni boşqarişingiz mumkin, doimo öz balansingiz haqida ma'lumotga ega böliş, şu bilan birga, elektron körsatuvlar dasturi (EPG)ning yodga soliş funksiyasidan foydalanib, sevimli körsatuvlaringizni ötkazib yubormaslik imkoniyatiga ega bölasiz.

- Şuningdek,  xizmatlar paketini telegram-BOT yoki www.uzdtv.uz saytida şaxsiy kabinet orqali ham boşqarişingiz mumkin.

Foto: UZDIGITAL TV

 

Har bir abonent haftada 7 kun, 24 soat davomida özini qiziqtirgan savollar böyiça bepul maslahat olişi mumkin.